15:04 (08.05.2024)

418

С vitaminining foydasidan tashqari zarari ham bor

Oshqozon muammosi boʼlgan odamlar C vitaminini och qoringa qabul qilmasliklari kerak.

С vitamini inson tanasi uchun eng muhim va zarur vitaminlardan biridir. U immunitet tizimini zararli bakteriyalar, viruslar, infektsiyalardan himoya qiladi, shuningdek qon aylanish tizimining va organizmdagi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi; kollagen ishlab chiqarishni ragʼbatlantiradi, teri hujayralarining elastikligini oshiradi va asab tizimiga foydali taʼsir koʼrsatadi. Bundan tashqari S vitamini teri, soch salomatligi va goʼzalligi uchun zarur.

Biroq, С vitamini oʼzining foydasidan tashqari, zarar keltirishi mumkin, deb taʼkidlaydi mutaxassis. Oshqozon kasalliklari, yuqori kislotalilik va allergik reaktsiyalar boʼlgan odamlar uni och qoringa qabul qilmasliklari kerak.

“С vitamini qon tomir devorlarining qalinlashishiga yordam beradi, shuning uchun tromboflebit bilan ogʼrigan odamlar uning meʼyoridan oshmasligi kerak. С vitamini suvda eriydi va organizmda toʼplanmaydi, uning ortiqcha miqdori peshob bilan chiqariladi, shuning uchun dozani oshirib yuborish mumkin emas», - deya qoʼshimcha qildi u.

С vitaminining asosiy manbalari sitrus mevalari, namatak, qora smorodina, petrushka, bolgar qalampiri, klyukva, kalina (bodrezak) , pomidor. Ushbu mahsulotlarga issiqlik bilan ishlov berish va muzlatish qisman С vitaminini yoʼqolishiga olib keladi.

Ayollar uchun kuniga C vitamini normasi 75 mg, erkaklar uchun esa 90 mg.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech