14:47 (13.04.2024)

530

Shifoxonalar ichidagi dorixona farmatsevtlari maoshini ko‘tarishni talab qilmoqda

Rossiyaning 74 viloyatidan tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan 700 nafardan ortiq farmatsevt va provizorlar hukumat va mutasaddi idoralar rahbarlariga ularning mehnat sharoitlari, xususan, ish haqiningpastligiga e’tibor qaratishni so‘rab murojaat qildi.

Farmatsevtlarning so‘zlariga ko‘ra, oliy ma’lumotli va zimmasida katta mas’uliyat bo‘lishiga qaramay, ularning maqomi kichik tibbiyot xodimlarinikiga teng. Bundan tashqari, ular shifokorlarniki kabi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imtiyozlariga ega emaslar.

Roszdravnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda butun mamlakat bo‘ylab uch mingga yaqin shifoxona dorixonalari ishlagan. Ularning xodimlari keng ko‘lamli vazifalarni bajaradilar. Xususan, tashkilotlarning dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, arizalar yozish, da’volar bilan ishlash, soliq va boshqa bo‘limlarga hisobot berish, shifokorning retseptlarini tuzatish, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirini qayd etish, giyohvandlik vositalari va psixotrop dorilarning muomalasi uchun javobgarlik, hattoki ommaviy ishlab chiqarilmaydigan dori vositalarini ishlab chiqarish - bu ularning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati.

Ushbu to‘plam vazifa uchun kasalxona dorixonalari xodimlariga oyiga o‘rtacha 45 ming rubl (483 dollar atrofida) maosh beriladi.

Rossiya prezidenti farmoyishi bilan 1- apreldan viloyatlardagi barcha tibbiyot xodimlarining ish haqi 50 foizgacha oshirilishi kerak, ammo bu farmatsevtika xodimlariga taalluqli emas.

Murojaat mualliflari “ish haqi va ijtimoiy imtiyozlar bo‘yicha yuzaga kelgan tafovutni bartaraf etish” maqsadida tibbiyot tashkilotidagi farmatsevtika xodimlarining huquq va imtiyozlarini tibbiyot xodimlariga tenglashtirishni so‘rashmoqda.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech