15:07 (08.11.2023)

799

"Chirchiq" poligonida davlat boshqaruv organlari masʼullari ishtirokida yigʼin boʼlib oʼtmoqda

Mudofaa vazirligiga qarashli Chirchiq umumqoʼshin poligonida davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimyati organlari, xoʼjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari oʼrinbosarlari ishtirokida yigʼin boshlandi. "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi Rivojlantirish va investitsiya direktori Bahodir Masharipov ham mazkur harbiy mashgʼulotlarda ishtirok etmoqda.

Yigʼin davomida vazir oʼrinbosarlari, agentlik va inspeksiya, qoʼmita va boshqarma boshliqlari oʼrinbosarlari qoʼshinlar kundalik faoliyati bilan tanishgan holda, mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun bevosita harbiy xizmat muhitida boʼladilar.

Mazkur yigʼin orqali davlat hokimiyati organlari rahbarlarini jangovar tayyorgarlik fanlari boʼyicha nazariy va amaliy mashgʼulotlarni oʼtkazish yoʼli bilan avval olingan harbiy koʼnikmalarini qayta tiklash (shakllantirish) va takomillashtirish, shuningdek, hududiy mudofaa va fuqarolarni himoya qilishni oʼrganish (oʼzlashtirish), maʼnaviy-axloqiy va maʼnaviy-ruhiy sifatlarini rivojlantirish, davlat harbiy qurilish ishlarida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, dahldorlik hislarini oshirish maqsad qilingan.

Taʼkidlash kerakki, bir necha kun davom yetadiganmashgʼulotlarda davlat boshqaruv organlari vakillari jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat boʼyicha tahliliy maʼlumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-maʼmuriy sektorlarning faoliyati va mamlakat armiyasining qudrati bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, yigʼin ishtirokchilari aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport hamda otish tayyorgarliklaridan oʼtib, oʼzlarining bilim va koʼnikmalarini yanada mustahkamlaydi.

Operativ, safarbarlik, axloqiy-ruhiy, taktik tayyorgarliklardan oʼtish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha boxabar boʼlib boradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech