14:45 (14.03.2024)

629

Yumshoq plastir ovozi buzilgan odamlarning nutqini tiklaydi

Amerikalik olimlar gapirolmaydigan insonlarni gapirishiga yordam beradigan innovatsion yamoqni taqdim etishdi. Qurilma sunʼiy intellekt yordamida tomoq-xalqum mushaklari harakatlarini yozib oladi va ularni nutqqa aylantiradi.

Kichkina plastir teriga yopishtiriladi. U tanga oʻlchamida, suv oʻtkazmaydi va vazni yetti grammdan oshmaydi.

Plastir halqum mushaklari harakatini elektr signallariga aylantiradi, keyin mashina oʻrganish algoritmi orqali nutqqa tarjima qilinadi. U bemorda hatto ovoz paychalari shikastlangan boʻlsa ham samarali ishlaydi.

Kaliforniya universiteti jamoasi plastirni sakkizta koʻngillida sinab koʻrdi. Ulardan bir nechta iboralarni aytish soʻralgan. Shu bilan birga ular turish, yurish va yugurish orqali qurilmaning harakatlanayotganda ishlash qobiliyatini namoyish etishdi.

Plastir 95% hollarda iboralarni toʻgʻri aytib bera oldi. Olimlarning taʼkidlashicha, u hozircha faqat oldindan yozilgan jumlalarni aytib beroladi. Ammo kelajakda yanada takomillashtirilgan algoritmlar qurilmaga halqum mushaklarining har qanday harakatini tanib olishda yordam beradi, deb xabar beradi Agence France-Presse.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech