13:50 (19.10.2022)

2574

Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro А.А. dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʼzlab, fuqaro I.ga tegishli hujjatlari boʼlmagan 3 turdagi 9 304 quti “Аzedtsin 250”, 7 068 quti “Аzedtsin 500”, 6 000 dona “Tevartem” nomli xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini jami 17 330 АQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Boʼka tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “G.Sh.” MChJ rahbari А.S. fuqaro S.ga tuman markazidagi avtomobillar yuvish shoxobchasi oldida yaroqlilik muddati oʼtgan 408 dona “Remdesivir DESREM” hamda 326 dona “Remdesivir Jubi-R” nomli jami 734 dona dori vositalarini 11 000 АQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʼtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʼtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech