14:50 (13.10.2023)

1369

Amerikaliklar semizlikka qarshi dori-darmonlarni nazoratsiz qabul qila boshladilar

Tahlilchilarning fikricha, farmatsevtika kompaniyalarining joriy yilning yanvaridan iyuligacha AQSHda semirishga qarshi dori-darmonlarni reklama qilish uchun sarflagan xarajatlari 500 million dollarni  tashkil etgan. Ushbu miqdorning toʻrtdan uch qismi eng koʻp reklama qilingan dorilar: Ozempic, Wegovy, Rybelsus, Jardiance. hissasiga toʻgʻri keldi.  Faqat Ozempic reklamasi uchun qilingan xarajatlar 120 million dollarga yetgan.

Bunday koʻp reklamalar ushbu dorilarga deyarli nazoratsiz talabni keltirib chiqardi: 2022-yilning soʻnggi uch oyida amerikalik shifokorlar ushbu dorilarga 9 milliondan ortiq retsept yozdilar.

Bugungi kunda amerikaliklarning qariyb 70 foizi semirib ketgan. JSST maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 1,9 milliard odam ortiqcha vaznga ega, 650 million kishi esa insult, qandli diabet, yurak kasalliklari va saratonga olib keladigan klinik semizlikdan aziyat chekmoqda.

2030-yilga kelib  vaznni nazorat qiluvchi dorilar  bozori 54 milliard dollarga yetishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, Ozempic va Saxenda moʻjizaviy dori emas va kuchli yon taʼsirga sabab boʻladi. Bundan tashqari, ulardan umr boʻyi foydalanish uchun moʻljallangan, chunki faol moddalar inson tanasidan chiqishi bilanoq, vazn joyiga qaytadi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, vazn yoʻqotadigan dori-darmonlarni qabul qilishni toʻxtatgan odamlar bir yil ichida yoʻqotgan vaznining kamida uchdan ikki qismini qayta yigʻadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech