Yangiliklar

not found

Oʼzbekistonliklar Yangi yil bayramida necha kun dam oladi

"2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida"gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga koʼra, 2024 yilda quyidagi qoʼshimcha dam olish kunlari belgilandi: barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):22 mart – juma; 11 aprel – payshanba; 18 iyun – seshanba; 3 sentyabr – seshanba; 31 dekabr – seshanba. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:  2 yanvar – seshanba; 23 mart – shanba; 12 aprel – juma; 31 avgust – shanba; 30 dekabr – dushanba. 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʼchiriladi: 6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvarь – seshanba kuniga;13 aprel – shanba kunidan 12 aprelь – juma kuniga;14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabrь – dushanba kuniga. Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar quyidagi kunlarda ketma-ket 4 kun dam olishadi: 30 dekabr — shanba;31 dekabr — yakshanba;1 yanvar — dushanba;2 yanvar — seshanba. Bunda: 30 dekabr — shanba (Prezidentning oʼtgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni); 31 dekabr — yakshanba (umumiy dam olish kuni); 1 yanvar — dushanba (Yangi yil bayrami); 2 yanvar — seshanba (6 kunliklar uchun qoʼshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 6 yanvarь – shanba kunidan koʼchirilgan dam olish kuni). 3 yanvar (chorshanba) ish kuni boʼladi.

  • 26 Dekabr, 09:04
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech