Yangiliklar

not found

2023 yil sarhisobi. Qonunchilik-11

​​​​15.11.2023 yil. Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʼRQ–878-son) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʼgʼrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʼshimcha va oʼzgartirishlarga muvofiq litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi hollarda ham bekor qilinishi belgilandi: – litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (1 yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda;– litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari 1 marotaba qoʼpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti va sogʼligʼiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan boʼlsa. Ushbu hollarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari uchun 1 yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab tadbirkorlik subʼektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. 22.11.2023 yil. “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritish toʼgʼrisida”gi qonun (OʼRQ-879-son) Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan bir ishlab chiqaruvchining turli savdo nomlari ostidagi, tarkibi bir xil dori moddalaridan iborat boʼlgan dori vositalarini roʼyxatdan oʼtkazishga qonunchilikda belgilangan tartibda yoʼl qoʼyiladi. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʼyxatidan oʼtkazish natijalariga koʼra xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati besh yil boʼlgan tegishli roʼyxatdan oʼtkazilganlik guvohnomasi beriladi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa muddatsiz beriladi. 23.11.2023 yil. “Аllergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–371-son) qabul qilindi. Qarorga koʼra, 2024 yildan: • allergik kasalliklar (shu jumladan mavsumiy allergiya) koʼrsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlari oʼtkaziladi;• hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yoʼnalishida yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari turlari bosqichma-bosqich 10 turdan 20 turgacha oshiriladi. 2024 yil 1 aprelgacha allergik kasallikka chalingan bemorlarning elektron reestri yaratilib, amaliyotga tatbiq etiladi.

  • 2 Yanvar, 13:26
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech