17:29 (18.09.2024)
551
Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari Dehlidan kelgan yo‘lovchi non orasiga, shirinliklar va sovun qutilari ichiga dori vositalarini yashirganini fosh qilishdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan Dehlidan kelgan yo‘lovchi tekshirilgan. Yo‘lovchining non orasiga, shirinliklar va sovun qutilari ichiga 8 nomdagi 59 ta ampula, 97 ta flakon va 142 ta konvalyutadagi dori vositalarini yashirganligi aniqlangan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu dorilarning umumiy qiymati dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, 40 mln so‘mni tashkil qilmoqda.