09:00 (24.05.2023)

1537

Hindistonda yoʼtal siroplari majburiy sinovdan oʼtkaziladi

Mamlakat tashqi savdo bosh boshqarmasi buyrugʼiga asosan, mahalliy farmatsevtika kompaniyalari 1 iyundan boshlab davlat laboratoriyalarida yoʼtal siroplari sifatini tekshirishlari shart.

Eksport uchun moʼljallangan yoʼtal siroplari uchun majburiy sinov joriy etiladi. Bu haqdagi qaror Gambiya va Oʼzbekistonda Hindistonda ishlab chiqarilgan dori-darmonlarni qabul qilgan oʼnlab bolalar oʼlimidan soʼng Hindiston rasmiylari tomonidan qabul qilingan.

“Yoʼtal siropi eksportiga 2023-yil 1-iyundan boshlab eksport namunalarini sinovdan oʼtkazish va ayrim davlat laboratoriyalarida sertifikat olish sharti bilan ruxsat etiladi”, — deyiladi hujjatda.

JSST maʼlumotlariga koʼra, oʼlimga etilen glikol va dietilen glikol toksinlari taʼsirida buyrakning oʼtkir shikastlanishi sabab boʼlgan.

Bir yil davomida Hindiston 17,6 mlrd. dollarlik yoʼtal siroplarini eksport qilgan. Dori vositalari Afrika mamlakatlari, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Nepal va boshqa davlatlarga yetkazib berilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech