11:10 (16.01.2023)

1869

Prezident huzurida energiya resurslari taʼminoti yuzasidan yigʼilish boshlandi

"Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan oʼtkazayapman", - dedi davlatimiz rahbari.

Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol koʼrsatib qoʼygani taʼkidlandi. Аyniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga umuman tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.

Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obʼektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʼyicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora koʼrilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qatʼiy eʼtiroz bildirildi.

Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʼrmagani uchun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʼjaev lavozimidan ozod etildi.

Yunusobod, Mirzo Ulugʼbek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini oʼrganish topshirildi.

"Issiqlik elektr stantsiyalari" aktsiyadorlik jamiyati raisi F.Аbduraxmonov lavozimidan ozod etildi.

Toshkent shahar hokimining birinchi oʼrinbosari B.Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror oʼrinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.

Prezident vaziyatni oʼnglash boʼyicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

Bosh vazir А.Аripov va energetika vaziri J.Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam koʼrsatadigan tizim yaratish topshirildi.

Kelgusida bunday vaziyatga yoʼl qoʼymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, yaʼni qayerda gaz boʼlmasa, suyultirilgan gaz yoki koʼmir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qoʼyildi.

Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish boʼyicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qoʼyildi.

Energiya taʼminotida qaerda uzilish boʼlgan boʼlsa, uning sabablarini koʼrsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.

Bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yoʼl qoʼyilmasligi taʼkidlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech