08:59 (25.05.2023)

1638

Bel ogʼrigʼi butun dunyo boʼylab nogironlikning eng keng tarqalgan sababidir

Tahlillarga koʼra, bel ogʼrigʼi butun dunyo boʼylab nogironlikning eng keng tarqalgan sababidir.

"The Lancet Rheumatology" jurnalida chop etilgan xalqaro tadqiqot guruhining hisobotiga koʼra, 2020 yilda butun dunyoda 619 million odam bel ogʼrigʼi va uning xavfli omillaridan aziyat chekkan. 2050 yilga kelib bu raqamlar 840 milliondan oshishi mumkin.

2018 yilda olimlar The Lancet nashri orqali dunyoda yarim milliarddan ortiq odam bel ogʼrigʼidan azob chekayotganligi haqida xabar berishgan.

2021 yilda Germaniyalik Robert Kox instituti olimlari tomonidan oʼtkazilgan tadqiqot natijalariga koʼra, soʼrovda ishtirok etgan bemorlarning uchdan ikki qismidan koʼprogʼi bel ogʼrigʼidan, aksariyati umurtqa pogʼonasining pastki qismidagi ogʼriqlardan shikoyat qilgan.

Bel ogʼrigʼi Vengriya va Chexiya aholisi orasida eng koʼp, Maldiv orollari va Myanmada esa aksincha — juda kam uchraydi.

Mamlakatlar va mintaqalar boʼylab barcha yosh guruhlarida erkaklarga qaraganda ayollar koʼproq bu ogʼriqdan aziyat chekishi aniqlangan. Bu farq 75 yoshdan oʼtganlarda koʼproq bilingan. Umuman olganda, oʼtkir bel ogʼrigʼi koʼproq 85 va undan katta yoshdagi odamlarda uchraydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech