12:21 (05.06.2023)

1549

Oʼzbekiston II Xalqaro farmatsevtika forumi boshlandi

Poytaxtimizdagi "Trillant” mehmonxonasining anjumanlar zalida Ikkinchi xalqaro farmatsevtika forumi boshlandi. Oʼzbekistonda ikkinchi bor tashkil etilayotgan mazkur forumda  Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Tojikiston, Rossiya, Belorusь va boshqa davlatlarning regulyator-nazorat organlari, mahalliy va xalqaro yirik ishlab chiqaruvchilar kompaniyalar, distribyutorlar, ishlab chiqarish texnologiyalarini litsenziyalovchilar, shuningdek sohada faoliyat olib boruvchi mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Forumni  Oʼzbekiston Respublikasir sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov ochib berdi. Soʼzi avvalida ishtirokchilarni qutlab, soʼnggi yillarda farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar haqida maʼlumotlar berib oʼtdi, sessiyalar ishlariga omad tiladi.

Forum dasturidan birinchi va ikkinchi kunlari yalpi majlis, sessiyalar, shuningdek, davra suhbatlari,  V2V va V2G  uchrashuvlari oʼrin olgan. 

Forum sessiyalarida eng samarali rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish maqsadida Oʼzbekiston va qoʼshni mamlakatlar farmatsevtika bozorining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Oʼzbekiston farmatsevtika sanoatiga GMP, GVP, GDP standartlarini joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Sessiyalar doirasida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va distribyutorlar hamda dorixonalar tarmogʼi rahbarlari bilan uchrashuvlar oʼtkazish koʼzda tutilgan boʼlib, ular forum davomida turli mamlakatlarning yetakchi soha vakillari bilan ishbilarmonlik aloqalarini oʼrnatish imkoniyatiga ega boʼladilar.

Forum ertaga ham oʼz ishini davom ettiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech