«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

"INTEGRA DD" MChJ

Dori vositalari ishlab chiqarilishini kengaytirish, ichki bozorni sifatli va ommabop dori vositalari bilan to’ldirish maqsadida Samarqand shahrida «INTEGRA DD» MChJ da dori vositalarini ishlab chiqarish bo’yicha loyiha amalga oshirilgan. 

Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun 2013 yil 11 fevral kuni korxona O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan 9239-sonli litsenziyani olgan. 

Olingan liysenziya quyidagilarni amalga oshirish huquqini beradi:

1.      Ampulalarda in’yeksiya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish;

2.      Flakonlarda infuziya eritmalarini ishlab chiqarish (IN BULK).

Korxonada ishlab chiqarishni to’g’ri olib borish va nazorat-tahlil va mikrobiologik laboratoriyalari faoliyati uchun zarur hujjatlar yuritilmoqda.

Korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyati sifatli mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqilgan Standart Amaliyotlar Jarayoni asosida olib boriladi.

Doimiy asosda barcha xodimlar malaka oshirish kurslarida o’qiydi, xususan rahbar xodimlar dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi, bundan tashqari korxonaning SNB bo’limi xodimlari MDH davlatlari ekspertlari bilan birgalikda tashkillashtirilgan “Dori vositalarini ishlab chiqarishda sifat nazoratiga GMP talablari” seminarida o’qitildi.

Joriy yilning aprel oyida “GMP nazariy va amaliy asoslari. Milliy talablar” mavzusiga korporativ mashg’ulotlar rejalashtirilgan.

O’tkazilayotgan seminar va kurslarning maqsadi jihozlar bilan ishlashda saviya, malakani oshirish, xavfsizlik texnikasi va gigiyena qoidalariga o’rgatish hisoblanadi.

2015 yilda «INTEGRA DD» MChJ da xalqaro standartlari talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi O’z DSt ISO 9001:2009 joriy etilgan.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida laboratoriyani akkreditatsiya qilish va GMP Milliy standartini olish bo’yicha faol ish olib borilmoqda.

2015 yil davomida 2.55 mln. o’ram miqdorida 5.05 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Bоsh direktor:

Yunusov Anvar Xaydarovich

Manzil: 140162 Samarqand shaxar, Kimyogarlar shaharchasi, Erteshar kuchasi, 1-uy

Tel: +99866 230 40 10, +99866 230 40 16

E-mail: info@integradd.uz, integradd@exat.uz, integradd@umail.uz

Web: www.integradd.uz

"Integra DD" ustavi (74 KB, DOC) ko’chirish

6725
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.