«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

«DORI - DARMON» AK ko’char dorixonalari soni oshib bormoqda.

30.06.2014

O’zR Vazirlar Mahkamasining 15.03.2014 yildagi 07-25-10-sonli “Aholini, hamda davolash-profilaktika muassasalarini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash bo’yicha choralarni ijro etish to’g’risidagi” tadbirlar-rejasini ijro etish maqsadida «DORI - DARMON» AK, hamda kompaniya tarkibiga kiradigan jamoalar tomonidan jami 100 ta ko’char dorixona yaratish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda «DORI - DARMON» AK hamda kompaniya tarkibiga kiradigan jamoalar 50 ta ixtisoslashtirilgan “Damas” rusmli avtomashinalarni xarid qilishga shartnomalar tuzilgan va pul mablag’lari to’langan.

Izotermik furgonli ixtisoslashtirilgan avtomashinalar asosiy maqsadi qishloq hududlari va olis tog’ maydonlarida yashovchi aholini dori vositalari bilan ta’minlash hisoblangan ko’char dorixonalar uchun zarur jihozlar bilan jihozlangan.

Eslatib o’tamiz, ko’char dorixonalar o’z faoliyatini 2010 yilda boshlashgan va hukumat topshirig’iga asosan yaratilgan, “g’ildirakli dorixonalar” o’z faoliyatini mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan jadval asosida olib borishadi.

 

http://www.doridarmon.uz/uploads/2S0A2267.jpg http://www.doridarmon.uz/uploads/2S0A2265.jpg
http://www.doridarmon.uz/uploads/2S0A2259.jpg http://www.doridarmon.uz/uploads/2S0A2255.jpg
 

2136
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.