«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

Yagоnа intеrаktiv dаvlаt хizmаtlаri pоrtаligа «DORI-DARMON» AK interaktiv xizmati intеgrаtsiya qilindi

25.03.2015

Faoliyat sohasini kengaytirish va taqdim etilayotgan xizmatlar sonini oshirish uchun Yagоnа intеrаktiv dаvlаt хizmаtlаri pоrtаli saytida (quyida YaIDXP) «DORI-DARMON» AK tomonidan ““DORI-DARMON” dorixonalari tarmog’ida mavjud dori vositalar to’g’risida ma’lumotlarni izlash va olish” (“Internet-dorixona”) xizmati ishga tushirildi.

Interaktiv xizmat quyidagilar to’g’risida zarur ma’lumotlarni on-layn rejimida topish imkoniyatini beradi:

- dori vositalar va tibbiy maqsadli buyumlar mavjudligi va ularning narxlari:

- dorixonalar manzili, telefon raqamlari va joylashuvi.

Xizmatdan foydalanish uchun YaIDXP saytida ro’yxatdan o’tib, so’rovnoma shaklini to’ldirish kerak, unda dori vositalar va tibbiy maqsadli buyumlar nomlanishi, mintaqa va tuman ko’rsatiladi.

Eslatib o’tamiz, 25 dekabr 2013 yilda «Dori - Darmon» AK sayti asosida ishlovchi “Internet-dorixona” xizmati ishga tushirilgan. U kompaniya tomonidan dorixona tarmog’i orqali sotilayotgan dori vositalarining onlayn rejimda ishlovchi axborot izlovchisidir.

Hоzirgi kundа “Internet-dorixona” xizmati kompaniyaning interaktiv xizmati bo’lib, foydalanuvchi interfeysi nuqtai nazaridan foydalanish samarasini va qulayligini oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarini qo’llashni taklif etadi, interfeysning ijobiy qabul qilinishini ta’minlaydi, hamda tizim foydalanuvchilarining vaqtini tejash imkoniyatini yaratadi. 

Kompaniyaning matbuot-xizmati

+998 71 281 41 29

1029
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.