«Dori-Darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi

Bizga ishonch bildirar yoshu-qari!

«Dori-Darmon» AK rahbarlari "Kaydzen/Tejamkor ishlash ishlab chiqarishni boshqarish tizimi" anjumanida ishtirok etishdi

02.12.2013

          O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan zamonaviy sifatni boshqaruv tizimlarini hamda samarali ishlash boshqaruv usullarini tadbiq qilishga katta ahamiyat beriladi. Bi haqida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston korxonalarida sifatni boshqaruv tizimlarini tadbiq qilishni kengaytirish to’g’risida qo’shimcha choralar” 19.06.2009 y. va “Ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini sanoatda kamaytirish to’g’risida qo’shimcha choralar” 07.03.2012 yilda chiqqan farmonlarida aytilgan.
 
          O’zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat palatasi O’zbekiston korxonalarida “Kaydzen/Tejamkor ishlash” zamonaviy menejmentni rivojlantirish bo’yicha anjumanni tashkil etdi, u “Markaziy Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka ko’maklashish” Dasturi doirasida O’zbekistonda Xalqaro hamkorlik bo’yicha Germaniya Jamiyati (GIZ) ko’magi bilan o’tkazildi.
 
          Anjuman maqsadi – ishtirokchilarni, O’zbekiston ishlab chiqaruvchilarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va eng kam moliyaviy quyilmalarda korxona faoliyatining samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi “Kaydzen/Tejamkor ishlash” usuli to’g’risida xabardor qilish.
 
          “Kaydzen/Tejamkor ishlash” ishlab chiqarishni boshqaruv tizimini tashkil etishning Yapon usuli Yaponiya menejmentining eng kuchli qirrasi hisoblanadi. Tadbirkorlik olib borishga nisbatan “Kaydzen/Tejamkor ishlash” qo’llanishi, korxona faoliyatini doimo yaxshilab kelishni anglatadi. Ushbu usul tadbiq etilishi quyidagi aniq maqsadlarga erishish imkoniyatini yaratadi, jumladan, xarajatlarini (vaqt, pul, ashyo, material, quvvat) kamaytirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish, (mol, xizmat, xodimlar rivoji) sifatini oshirish, natijada, iste’molshilar qoniqishi darajasini oshirish.
 
          Anjumanda ishtirok engan «Dori-Darmon» AK rahbarlari va xodimlari zamonaviy menejmentni rivojlantirish sohasida xorijiy kompaniyalar tajribasini o’zlashtirib olishdi. Resurs va vaqtni tejash bo’yicha mazkur konseptsiyasi tadbiq qilinishi to’g’risida qaror qabul qilindi.

Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.